UIUG' SHOIR XOTIRASI
XURSHIDA QO'CHQOROVA
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati
bo'limi rahbari.
O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80
yilligini keng nishonlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 7 dekabrda qabul qilgan qaroriga asosan Andijon viloyatidagi o'quv
yurtlarida, mehnat jamoalarida, harbiy
qismlar va mahallalarda she'riyat kechalari, adabiy anjumanlar bo'lib o'tmoqda.
Andijon davlat universitetida
bo'lib o'tgan adabiy kechada ko'p sonli adabiyot muxlislari, adiblar, olimlar,
talabalar
ishtirok etdilar. O'zbekiston xalq shoiri To'lan Nizom, taniqli
ijodkorlar Farid Usmon, Xurshidabonular so'zga chiqib, sevimli xalq shoiriga
bag'ishlangan she'rlarini o'qidilar. Adabiyotshunos olimlar Bahodir Rahmonov,
Usmonjon Rahimov, A'zamjon Hamroqulov , Zokirjon Mamajonovlar shoirning boy adabiy
merosi, betakror g'azallari, serqirra ijodi haqida gapirdilar. Erkin
Vohidovning hayoti va ijodi haqida tayyorlangan videolavha, uning qalamiga
mansub asarlari asosidagi sahna ko'rinishlari, talaba yoshlarning she'riy
guldastalari barchaga birdek manzur bo'ldi. Shoir she'rlari bilan kuylanuvchi
qoshiqlar davraga fayz kiritdi. Tadbir so'ngida "Erkin Vohidov asarlari
bilimdoni" tanlovi g'oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan
taqdirlandilar. Ulug' shoir, ulkan iste'dod egasi, betakror siymo Erkin Vohidov
tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan adabiy kechalar davom etmoqda.
XURSHIDA
QO'CHQOROVA
O'zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati
bo'limi rahbari.
Комментариев нет:
Отправить комментарий