Malhamuz1

ASSALOMU ALAYKUM "MALHAM1UZ"GA HUSH KELIBSIZ!

среда, 14 декабря 2016 г.

хуршидабону


Kimlarnidir qilasiz tanqid:
Ishq bog'ida andarmon, deya.
Demak Sizni o'rtamas tuyg'u,
Demak Sizga xosdir raddiya?

Balki mendek yashash tarzingiz:
Sevmoq mumkin, visol shart emas!..
Dunyo bitta, ishqdir yagona,
Malhamli dard also dard emas!



Balki bedor kutasiz tongni,
Kunni o'tkazasiz bemador?
Muhabbatdan begona dilda,
Bo'larmidi tog'dayin viqor!?

Oqibatdan yaralgandirsiz,
Sadoqatli axir dilingiz,
Orzuyimdek oliy maqomda
Yuz ochgaydir orzu gulingiz?

Balki mendek kuygan ko'ngilsiz,
Ham meningdek mag'rur, sabrli,
O'zingizni tutib beparvo,
Sezdirmassiz hajru jabrni?

Dilda hislar pokiza, ezgu,
Baiki ishqda erursiz tengsiz?
Ne bo'lsa ham xush ko"rdim Sizni,
Asragayman dilda mehringiz!..

XURSHIDA

Комментариев нет:

Отправить комментарий