Malhamuz1

ASSALOMU ALAYKUM "MALHAM1UZ"GA HUSH KELIBSIZ!

суббота, 17 декабря 2016 г.

хуршидабону


Men anglab yetdimki, nuri ilohiy
Qalbingdan yuzingga aks etgan mohdir!
Ruhim ko'kka eltgan beadad tuyg'u,
Ko'ksim yerga tortgan beayov qayg'u -
Tangri hijronidan chekilgan ohdir!

Tug'ilmasdan avval Uniki edim,
Hayot chog'im qayta quchmoq istadim...
Hali anglolmasdim nedan bu tilak:
Senga duch etgan chog' qochmoq istadim...


Yurak faryod chekib kimni istadi?
Haq berdi, olmadim, neni istadim?
Dundan ketdim vale sendan ketmadim,
Dildan ketdi mador, dindan ketmadim...
Tan olgani faqat Sen eding dilning,
Tanlagani faqat sen eding dilning...

Bugun angladmki, sen - HAQ ekansan!

XURSHIDA.

Комментариев нет:

Отправить комментарий