💊Migren
kasalligi ..
Boshning
chap tomonidagi og‘riqlar bilan kuzatiladigan (ifodalanadigan) kasallikdir. Migren
ko‘pincha ayollarda uchraydi. Kasallikka asosan qon-tomir tonusini boshqarib
turuvchi nerv ishining buzilishi, ko‘pincha oilada va naslda bo‘lgan qon-tomir
kasalliklariga beriluvchanlik sabab bo‘ladi.
Migren
ba’zi bemorlarda balog‘atga yetish davridan boshlanadi. Kasallik xuruji odatda
asabiylashish yoki o‘ta charchash oqibatida yuz beradi
. Xurujning tutush
muddati, sababi, og‘ir-yengilligi yosh o‘tishi bilan o‘zgara boradi. Bu
holatning qaysi tarafga o‘zgarishi bemorning turmush tarziga, dam olish
rejimiga, to‘g‘ri ovqatalishiga, mehnat sharoitiga (kuchli shovqin, ravshan
yorug‘lik mumkin emas) bog‘liq.
Migren
xuruji…
Ko‘pincha
migren xuruji yosh o‘tishi bilan og‘irlashib boradi. Xuruj oldi davrida bemorda
tashnalik, ochlik hissining paydo bo‘lishi, kayfiyat o‘zgarishi, mudroq bosish
kabi holatlar kuzatiladi. Xuruj tutganda og‘riqdan tashqari, bemorning ko‘z
oldi jivirlab, har xil narsalar ko‘rinadi. Migrenda asosan bemorning chakka
qismi og‘riydi, ba’zan qayt qiladi so‘ngra bemorda og‘riq biroz sustlashadi. Migren
xuruji darajasiga ko‘ra 2-3 soatdan bir necha sutkagacha cho‘zilishi mumkin. Xurujlar
o‘rtasidagi davrda bemorni migren qiynamaydi, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak
butunlay sog‘lom bo‘ladi.
Bemor
xurujni yengillatish yoki to‘xtatish uchun uning belgilari paydo bo‘lishi bilan
shakarli kofe, achchiq choy ichib, issiq o‘ralib yotishi, hamda yotoqxonada
yorug‘likni kamaytirish, shovqinsizlikni ta’minlashi lozim.
Ko'p
hollarda boshning yarmi og'riydi, bu migrendir. Kuzatishlarga ko'ra
kishilarning 10 foizdan ko'prog'i migrenga chalinib turadi. Bu kasallik
ayollarda erkaklardan ko'ra ikki barobar ko'proq uchraydi.
Migrenning
birinchi turida doimiy og'riq tufayli kishining mehnat qobiliyati pasayadi,
kayfiyati o'zgaradi, atrofga befarq bo'lib qoladi. Go'yo uyqusi kelayotgandek
faqat esnaydi. Ikkinchi turida esa ishtaha pasayadi, ko'ngil aynaydi, bosh
aylanib, bemor tezda uxlab qoladi.
Ba'zida
qattiq asabiylashish yoki toliqish natijasida ham migren xuruji ro'y beradi. Hatto
turmush tarzidagi o'zgarishlar, mehnat va dam olish tartibi buzilganda ham
migren qo'zishi mumkin.
*. O'z
vaqtida ovqatlanmaslik, kashandalik va shovqin tufayli paydo bo'ladigan migren
erkaklarda kuzatiladi. Ayollarda esa bunday bosh og'rig'i hayz paytida yoki
horg'inlik tufayli yuzaga keladi.Migren bir necha soatdan bir necha kungacha
cho'ziladi.
*.
Olimlarning kuzatishlaricha migren nasl surarkan. Ya'ni bobo-buvilari qon tomir
kasalligi bilan og'rigan xonadonlarda migren eng avvalo qizlarga o'tishi
kuzatilgan. Kasallik qanchalik barvaqt boshlansa, bosh shunchalik qattiq
og'riyda va qisqa davom etadi.
*. Kishi
ulg'aygani sari migren xuruji susayadi, lekin og'riq muddati uzayadi. Masalan,
bolalikda bosh bir-ikki soat og'rigan bo'lsa, qirq yoshdan oshgandan keyin
bir-ikki sutka davom etadi. Ba'zilarda esa qirq yoshdan keyin migren xurujlari
yo'qolib ketadi.
Oddiy
tavsiyalar
Maslahatimiz
shuki, migrendanxalos bo'lish uchun darrov dori ichishga shoshilmang. Og'riqni
qoldirishning bir necha usullari bor. Avvalo bosh og'riganda, toza havoda biroz
sayr qiling. Og'riq qolavermasa, achchiq damlangan qora yoki ko'k choy iching.
Ba'zan qahva hamyordam beradi. Asabiy zo'riqishlar natijasida kelib chiqqan
migrenni davolashda har kuni uyqudan oldin qaynoq suvda qandni eritib, bir
piyola ichib yotish foydalidir.
Комментариев нет:
Отправить комментарий