Malhamuz1

ASSALOMU ALAYKUM "MALHAM1UZ"GA HUSH KELIBSIZ!

понедельник, 26 декабря 2016 г.

UIUG' SHOIR XOTIRASI

UIUG' SHOIR XOTIRASI
XURSHIDA QO'CHQOROVA
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati
bo'limi rahbari.

O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 dekabrda qabul qilgan qaroriga asosan Andijon viloyatidagi o'quv yurtlarida, mehnat jamoalarida,  harbiy qismlar va mahallalarda she'riyat kechalari, adabiy anjumanlar bo'lib o'tmoqda. Andijon davlat universitetida bo'lib o'tgan adabiy kechada ko'p sonli adabiyot muxlislari, adiblar, olimlar, talabalar
ishtirok etdilar. O'zbekiston xalq shoiri To'lan Nizom, taniqli ijodkorlar Farid Usmon, Xurshidabonular so'zga chiqib, sevimli xalq shoiriga bag'ishlangan she'rlarini o'qidilar. Adabiyotshunos olimlar Bahodir Rahmonov, Usmonjon Rahimov, A'zamjon Hamroqulov , Zokirjon Mamajonovlar shoirning boy adabiy merosi, betakror g'azallari, serqirra ijodi haqida gapirdilar. Erkin Vohidovning hayoti va ijodi haqida tayyorlangan videolavha, uning qalamiga mansub asarlari asosidagi sahna ko'rinishlari, talaba yoshlarning she'riy guldastalari barchaga birdek manzur bo'ldi. Shoir she'rlari bilan kuylanuvchi qoshiqlar davraga fayz kiritdi. Tadbir so'ngida "Erkin Vohidov asarlari bilimdoni" tanlovi g'oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Ulug' shoir, ulkan iste'dod egasi, betakror siymo Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan adabiy kechalar davom etmoqda.
XURSHIDA QO'CHQOROVA
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati
bo'limi rahbari.

Комментариев нет:

Отправить комментарий