Malhamuz1

ASSALOMU ALAYKUM "MALHAM1UZ"GA HUSH KELIBSIZ!

пятница, 30 декабря 2016 г.

Хуршидабону

SOHIBJAMOL

Dil faqat sendin xabar kutdi, netay, sohibjamol,.
Hayratim haddin oshib ketdi, netay, sohibjamol?

Haq fano dayrida ahzon faslining ojizasin,
Sen - husn shohiga zor etdi, netay, sohibjamol?

Bul yurak mutloq unutgach shodumonlig' shevasin,

E'tiboring ko'p rizo etdi, netay, sohibjamol?

Dilga buyruq kor emas, vobastalig' darkor emas,
Ul tag'in yo'qlik yo'lin tutdi, netay, sohibjamol?

Sen yorug' manzilni ko'zlab, tole-istiqbolni quch!
Bul sori XURSHIDA xor o'tdi, netay, sohibjamol?

XURSHIDA. 30.12.2016.

Комментариев нет:

Отправить комментарий