Malhamuz1

ASSALOMU ALAYKUM "MALHAM1UZ"GA HUSH KELIBSIZ!

среда, 25 января 2017 г.

Хуршидабону

YO'QLOV
Ustoz Abdulla Orif xotirasiga


Fayzin yo'qotgandek Do'rmon bog'lari,
Atrof jim...
Yo'laklar, daraxtlar beun...
Darvozangiz oldin qoplabdi xazon,
So'roqlar yuraklar, qaroqlar mahzun...


Qadr mulkini zabt etgan sukunat,
Go'yo ahamiyat kasb etmas hayot.
Faqat orom nima bilmay kezadi,
Abadiyat bilan taqdirdosh bayot...

Kun o'tar, vaqt o'tar, o'tmoqda fursat -
Na qo'lda qalam, na yonimda hamroz.
Do'rmon bog'larining ketibdi fayzi,
Siz ketgach Hazrati Abdulla ustoz...

XURSHIDA. 2017 yil, 25 yanvar

Комментариев нет:

Отправить комментарий