Malhamuz1

ASSALOMU ALAYKUM "MALHAM1UZ"GA HUSH KELIBSIZ!

суббота, 14 мая 2016 г.

хар куни ишлайдиган етти махсулот

Ushbu 7 mahsulotni har kuni yeyish kerak.


Quyida keltirilgan 7 mahsulotni har kuni iste'mol qilish kerak ekan. Sog'lom hayot tarzi ana shu 7 mahsulotdan boshlanar ekan.
ISMALOQ
Ismaloq oshqozonni toksinlardan tozalovchi eng kuchli mahsulot hisoblanadi. U foliya kislotasiga, B guruhi va E vitaminlariga boy. Undan tashqari ismaloq qon tomir va kapilyarlarni sklerotik moddalardan himoyalaydi. Ismaloqni homilador
ayollar va yosh bolalar ko'p yeyishi kerak. Bo'yi o'smayotgan va yaxshi rivojlanmayotgan bolalarga ismaloqli pyure qilib berish tavsiya etiladi.
Ismaloqni har kuni tuxum, pissa, pirog, sendvich va boshqa issiq taomlarga qo'shib iste'mol qilsa bo'ladi.
QATIQ
Qatiq bifido-lakto bakteriyalarga boy bo'lib, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi. Qatiq immunitet oshirish qobiliyatiga ham ega. Undan tashqari qatiq va qatiq mahsulotlari kalsiyga boy bo'ladi.
Kuniga kamida 1 stakan qatiq yoki qatiq mahsulotlarini danak yoki mevalarga qo'shib iste'mol qilsa bo'ladi.
POMIDOR
Pomidor kaliy, kalsiy, magniy va temir moddasiga boy sabzavotdir. Vitaminlardan B1, B2, B3, B6, B9, E va ko'p miqdorda C vitaminiga boy. Pomidorning eng muhim xususiyati - undagi likopin moddasidir. Aynan shu modda tufayli pomidor qizil rangda bo'lib, organizmni saraton kasalligidan himoyalab turadi.
Rangi qip-qizil pomidorlar likopinga boy hisoblanadi. Undan tashqari pomidor antidepressantdir, chunki uning tarkibida depressiyaga qarshi, kayfiyatni ko'taruvchi seratonin moddasi mavjud.
Pomidorni kun mobaynida salatga qo'shib, buterbrod bilan, o'zini, taomlar ichiga qo'shib iste'mol qilsa bo'ladi.
SABZI
Sabzi ushbu ro'yxatga karotin va vitamin Aga boy ekanligi uchun kiritildi. Bu moddalar ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, shuning uchun o'sayotgan bolalar uchun sabzi muhim mahsulot hisoblanadi.
Kuniga 1-2 sabzi sharbatini chiqarib yoki o'zini iste'mol qilish kerak. Sabzidan salat qilayotganda, smetana yoki sabzavot yo'gini qo'shib iste'mol qilish foydali bo'ladi.
BLUBERRI
Bluberri mevasi ko'zga foydali ekanligi bilan hammaga ayon. Lekin uning yana bir muhim xususiyati uning antioksidantga boyligidir. Antioksidantlar organizmni saraton, yurak-tomir, qand kasalliklaridan saqlaydi. Undan tashqari, tadqiqotlarning ko'rsatshicha, antioksidantlar miyaning qarishi bilan bog'liq xotira muammolari bilan kurashishga ham yordam beradi.
Kuniga kamida 150 gramm mevani qatiq, muzqaymoqqa qo'shib yoki o'zini iste'mol qilsa bo'ladi.
YONG'OQ
Yong'oq odam organizmiga kerakli modda - oqsilga boydir. Undan tashqari uning tarkibida juda foydali omega-3 yo'glari ham mavjud.
Kuniga 7 dona yong'oqni iste'mol qilish zarur. Uni qatiq, mevalik salatlar yoki asal bilan yesa bo'ladi.
BULG'OR QALAMPIRI
Bulg'or qalampiri yoki paprika vitamin C ga eng boy sabzavotdir. U teri, tirnoq va soch go'zalligi uchun juda foydali. Bulg'or qalampiri yod, temir, kalsiy, magniy va kaliy moddalariga boy bo'lib, anemiyani oldini oladi va organizmni qarishini sekinlashtiradi.
Kuniga kamida 1 dona paprikani salatga qo'shib, o'zini xomligicha yoki ovqatga solib iste'mol qilish kerak.

Комментариев нет:

Отправить комментарий