Malhamuz1

ASSALOMU ALAYKUM "MALHAM1UZ"GA HUSH KELIBSIZ!

вторник, 15 августа 2017 г.

NAFOSAT UMAROVA.

SOG'INCH
Sen eshik qoqarding har tong umidvor,
Peshonamdan o'pib qo'ygin deb meni.
Bag'rimda yayrarding shunday hokisor,
Sog'inchim, yo'qo'tib qo'ydimmi seni?

Bir yo'qlab kelmaysan ne tonglar otdi,
Mehrimga to'ymaysan erkalab, suyib.

Armonlar qalbimga toshlarday botdi,
Yurakdan yig'ladim, yurakdan to'yib.

Qo'limdan tutgancha shodon ketarding,
Jilmayib boqarding qoshu ko'zimga.
Mehringdan labimga hovuch tutarding,
Har on hamroh eding faqat o'zimga.

Sog'inchim, sog'indim mehring taftini,
Eshik qoqishingga mushtoqman bugun.
Hijron do'stim bo'l deb uzatar qo'lin,
Faqat sen borsanku axir men uchun.

Kel, yana so'ngi bor eshigim qoqqin,
Baxt nima ekanin his etay yana.
Giryon ko'zlarimga so'ngi bor boqqin,
Kelgin, yuragimda qolmasin gina.

NAFOSAT UMAROVA.
Andijon viloyat, Ulug'nor tumani.

Комментариев нет:

Отправить комментарий